Xvan In Bom «Portu» futbolchisiga aylandi
Janubiy koreyalik yarim himoyachi Xvan In Bom «Feyenoord»ni tark etib, «Portu» safiga o‘tdi.
Rasman: Xvan In Bom — «Portu» futbolchisi!
Janubiy koreyalik yarim himoyachi Rotterdamda ikki mavsum o‘tkazdi va shu vaqt ichida maydon markazidagi yetakchilardan biriga aylandi. U o‘zining futbol intellekti, aniq paslari, fidoyiligi va barqaror o‘yini bilan muxlislar xotirasida qoldi.
Feyenoord safida qilgan barcha ishlaring uchun rahmat, Xvan. «Portu»dagi faoliyatingda va yangi bosqichda omad tilaymiz!