Xavi Jorgetti: "Barselona" Entoni Gordon transferida yutib chiqdi"
Xavi Jorgetti "Barselona"ning Entoni Gordon transferini muvaffaqiyatli deb baholadi va boshqa futbolchilar bilan solishtirdi.
🎤 Xavi Jorgetti:
Yan Diomande 130 million yevroga tushadi. Morgan Rojers uchun ham deyarli 140 million yevro to'lashga to'g'ri kelardi.
"Barselona" Entoni Gordonni 70 million yevro va 10 million yevro bonus evaziga o'z safiga qo'shib oldi. U jahon chempionatini bu ikki futbolchidan ham yaxshiroq o'tkazdi, o'zining yuqori darajasini allaqachon isbotladi va umuman olganda, kuchliroq futbolchi hisoblanadi.
Biz g'alaba qozondik.