Barselona Xavi Guerra transferi ustida ishlamoqda
Barselona Xavi Guerra transferi bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Valensiya futbolchi uchun 40 million yevro talab qilmoqda.
Iyun oyida "Barselona" Xavi Guerra agenti bilan uchrashuv o'tkazdi. Kataloniyaliklar Frenki de Yong jarohatidan so'ng moliyaviy feyr-pley (FPF) holatini yaxshilay olsa, futbolchi uchun jiddiy taklif bilan chiqishni rejalashtirmoqda.
"Valensiya" hamon futbolchi uchun belgilangan tovon pulini talab qilmoqda: hozirgi kunda bu summa 40 million yevroni tashkil etadi, ammo shanba kunidan boshlab u 60 million yevroga ko'tariladi. Biroq, bunday bitimlarda yakuniy qaror Singapurga bog'liq.
Premer-liga va A Seriya klublari tomonidan futbolchiga nisbatan katta qiziqish mavjud.