«Valensiya» Vilyam Mikelbrensisga taklif bilan chiqdi
«Valensiya» fransiyalik himoyachi Vilyam Mikelbrensisni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Tomonlar o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda.
🚨 «Valensiya» Vilyam Mikelbrensisga taklif bilan chiqdi!
OAV xabariga ko'ra, Ispaniya klubi fransiyalik o'ng qanot himoyachisi Vilyam Mikelbrensisga rasmiy taklif yuborgan.
Hozircha futbolchi yakuniy qarorga kelmagan va «Valensiya»ga rasmiy javob bermagan. Muzokaralar davom etmoqda, himoyachining kelajagi yaqin vaqt ichida hal bo'lishi mumkin.