Ferran Torresning kelajagi noaniqligicha qolmoqda
Viktor Nae xabariga ko'ra, Ferran Torresning kelajagi borasida hali ham aniqlik yo'q. Futbolchi ayni damda ta'tilda.
Viktor Nae xabariga ko'ra, na "Barselona"da, na Ferran Torresning jamoadoshlari orasida futbolchi o'z kelajagi borasida qanday qaror qabul qilishi haqida hech kim bilmaydi.
Barchasi o'yinchining o'z fikrini bildirishini kutmoqda, ammo hozirda u ta'tilda.