Viktor Valdepenyas "Real Madrid" bilan xayrlashdi
Viktor Valdepenyas yetti mavsumdan so'ng "Real Madrid" bilan xayrlashganini e'lon qildi.
💭 Viktor Valdepenyasning xayrlashuv xabari:
Yetti mavsumdan so'ng, umrbod yodimda qoladigan sahifani yopish vaqti keldi. Men o'z yo'limda bo'lgan barcha murabbiylarga ishonch, intizom, maslahatlar va kundalik o'sishimga qo'shgan hissalari uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Shuningdek, jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiylar, fizioterapevtlar, ma'muriyat xodimlari, ekipirovka bo'yicha mutaxassislar va har bir mashg'ulot hamda o'yin ortida mehnat qilgan barchaga rahmat aytaman. Bular o'qish, qurbonliklar, unutilmas lahzalar, xotiralar va umrbod saqlab qoladigan do'stlar bilan to'la yillar edi. Rahmat, "Real Madrid".