Uill Lanshkir «Tottenxem» bilan xayrlashdi
Uill Lanshkir «Tottenxem»dagi faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.
Uill Lanshkir o'z ijtimoiy tarmoqlarida shunday yozadi:
«Tottenxem»dagi 4 ta ajoyib mavsumdan so'ng, vaqtim yakuniga yetdi. Men barcha xodimlar, o'yinchilar va muxlislarga bu yerdagi faoliyatimni yoqimli qilganlari hamda yo'limda yordam berganlari uchun minnatdorchilik bildiraman. «Tottenxem» hamisha qalbimda qoladi. Rahmat. 🤍