Ueyn Runi: Messi jahon chempionligini qo'lga kiritsa, barcha bahslarga nuqta qo'yiladi
Ueyn Runi Lionel Messi haqida fikr bildirdi. Uning so'zlariga ko'ra, Messi Argentina bilan jahon chempioni bo'lsa, barcha bahslarga nuqta qo'yiladi.
Ueyn Runi Lionel Messi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
Agar Argentina jahon chempionligini qo'lga kiritsa, o'ylaymanki, Lionel Messi tarixning eng buyuk futbolchisi kimligi borasidagi barcha bahslarga nuqta qo'yadi, shunday emasmi?! Hisoblaymanki, buni hatto Ronaldu muxlislari ham tan olishga majbur bo'ladi.
Men doim aytganman, ulardan istalganini tanlash mumkin, ammo Messi ushbu jahon chempionatida barcha munozaralarga yakun yasamoqda.