Alessandro Bastonining agenti uning kelajagi haqida gapirdi
Alessandro Bastonining agenti Tullio Tinti futbolchining «Al-Hilol»ga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.
Alessandro Bastonining agenti Tullio Tinti futbolchining «Al-Hilol»ga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi:
«Al-Hilol» va Bastoni haqidagi gaplar qanchalik haqiqat? Men va mijozlarim odatda shartnomalarga hurmat bilan qaraymiz. Uning klub bilan yana ikki yillik shartnomasi bor. Alessandro «Inter»ning ashaddiy muxlisi, klubga oshiq va bugungi kunda u boshqa jamoaga o'tish haqida o'ylamayapti. Ammo agar futbolchini ham, «Inter»ni ham qoniqtiradigan taklif bilan chiqadigan klublar bo'lsa, muzokara stoliga o'tirish mumkin. Biroq, hozirgi kunda bu gap-so'zlar jiddiy muzokaralar uchun yetarli emas».