Tomas Menye «Valensiya»ga o'tishga yaqin
AS nashrining xabar berishicha, «Valensiya» himoyachi Tomas Menye bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Tomonlar kelishuv shartlarini kelishib olishgan.
AS xabariga ko'ra, «Valensiya» Tomas Menye bilan bog'liq transferni shu hafta yakunlamoqchi.
Tomonlar bir mavsumga mo'ljallangan va yana bir yilga uzaytirish imkoniyati mavjud shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgan. Rejaga ko'ra, Tomas Menye tibbiy ko'rikdan o'tib, «Valensiya» bilan shartnoma imzolaydi. Shundan so'ng futbolchi ta'tilga chiqadi va La Liga boshlanishiga 15 kun qolganida jamoa safiga qaytadi.
Barcha rasmiyatchiliklar yaqin kunlar ichida yakunlanishi kutilmoqda.