Arsenal Ezri Konsa uchun taklif tayyorlamoqda
Arsenal Ezri Konsani o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda, ammo klublar futbolchining transfer narxi borasida kelisha olmayapti.
Team news and ticks xabariga ko'ra, Arsenal Ezri Konsani transfer qilish bo'yicha taklif tayyorlamoqda. Klublar o'rtasida futbolchining narxi borasida sezilarli farq mavjud.
Arsenal Konsani 40 million funtga baholamoqda. Villa esa 60 million funt talab qilmoqda. Taxminan ikki hafta oldin narxlar o'rtasidagi tafovut 20 millionni tashkil etgan edi. Hozirda bu borada qandaydir siljishlar bo'lganiga ishonchim komil emas.
Tom Collomosse ma'lumotiga ko'ra, Konsaning Aston Villa bilan amaldagi shartnomasi yana ikki yilga mo'ljallangan.