#Stole Solbakken — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Norvegiyalik muxlislar Serlotga nisbatan tahdidlar yog'dirmoqda

Norvegiyalik muxlislar Serlotga nisbatan tahdidlar yog'dirmoqda

Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Aleksandr Serlot Angliyaga qarshi o'yindagi xatosi uchun muxlislar tomonidan jiddiy tahdidlarga uchramoqda.

Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Aleksandr Serlot Angliyaga qarshi o'yinda (1:0) hisobni oshirish uchun qulay imkoniyatdan foydalana olmagach, muxlislar tomonidan qattiq tanqid va haqoratlarga uchradi. Oradan ko'p o'tmay, inglizlar javob golini urishdi.

Futbolchining dugonasi ijtimoiy tarmoqlarda o'ziga va hujumchiga kelgan haqoratomuz xabarlarni e'lon qildi:

«Eringga ayt, Norvegiyadan chiqib ketsin va qoyadan sakrasin».

«O'zingni o'ldir, ahmoq!».

«Umid qilamanki, sizlar qulab tushayotgan vertolyotda sekin-asta yonib ketasizlar».

Qiz tahdidlar ortidan huquqiy yordam so'rash niyatida. Norvegiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stole Solbakken ham ushbu holatni qoralab, o'z o'yinchilariga ijtimoiy tarmoqlardan iloji boricha uzoqroq yurishni maslahat berdi.

O'ng ustun yangiliklari

Hozircha yangilik yo'q.