Altay Bayindir "Manchester Yunayted"ni tark etishi mumkin
Stiven Raylstounning xabar berishicha, Altay Bayindir "Manchester Yunayted"dan ketishga yaqin. "Selta Vigo" futbolchi bilan qiziqmoqda.
Stiven Raylstounning so'zlariga ko'ra:
Altay Bayindir, katta ehtimol bilan, "Manchester Yunayted" safida boshqa maydonga tushmaydi.
Ayni damda "Selta Vigo" bilan bir yillik ijara shartnomasi bo'yicha muzokaralar olib borilmoqda. Shuningdek, darvozabonni doimiy transfer qilishga qiziqish bildirayotgan kamida bitta klub ham bor.