Stefan Chinedu «Paxtakor» safiga qo'shildi
«Paxtakor» nigeriyalik hujumchi Stefan Chineduni mavsum oxirigacha «Surxon»dan ijaraga oldi.
«Paxtakor» nigeriyalik hujumchi Stefan Chineduni mavsum oxirigacha «Surxon»dan ijaraga oldi. 26 yoshli futbolchi joriy mavsum termizliklar safida 14 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
O'zbekistonga kelguniga qadar u faoliyati davomida Xorvatiyaning «Neretvanats», «Xayduk», «Dugopole», «Solin», Albaniyaning «Dinamo», Bosniya va Gersegovinaning «Shiroki Briyeq», Serbiyaning «Radnichki» va «Radnich» klublarida to'p tepgan.
«Paxtakor»ga xush kelibsan, Stefan!