Manchester United 19 yoshli darvozabonni o'z safiga qo'shib oldi
Manchester Yunayted 19 yoshli darvozabon Kit Marjetson bilan shartnoma imzoladi. O'yinchi bungacha Suonsi tizimida tarbiyalangan.
🚨 "Manchester Yunayted" 19 yoshli darvozabon Kit Marjetsonni o'z safiga qo'shib olish bo'yicha kelishuvga erishdi. Bitim o'yinchi ro'yxatdan o'tkazilgandan so'ng rasman yakunlanadi.
Darvozabon "Suonsi" tizimidan ko'chib o'tdi, u yerda U15 jamoasidan buyon to'p tepib kelayotgan edi. O'tgan mavsumda u ijarada "Konnas-Ki Nomads" safida 34 ta o'yin o'tkazib, 10 marotaba darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan va jamoasiga yevrokuboklarga chiqishda yordam bergan.
Marjetson Uels yoshlar terma jamoasi sharafini ham himoya qiladi va joriy yilning mart oyida U21 jamoasida debyut qilgan.