Skott Maktominey «Manchester Yunayted» haqidagi afsonalarga javob qaytardi
Skott Maktominey «Manchester Yunayted»dan ketgan o'yinchilarning darhol kuchayib ketishi haqidagi gaplarga munosabat bildirdi.
🗣️ Skott Maktominey:
O'yinchilar «Manchester Yunayted»dan ketishi bilan darhol kuchayib ketadi, degan fikrga qo'shilmayman. Bu juda oson bahona. Men klubda bo'lgan vaqtimda menga hamma narsada yordam berishgan: taktika, mashg'ulotlar, ovqatlanish — hammasi muvaffaqiyatga erishishing uchun tashkil etilgan. «Yunayted»da boshqa klublarga qaraganda nimadir yetishmaydi, deb bo'lmaydi. Bu shunchaki afsona.