Shim Meuka "Chelsi" bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin
Shim Meukaning "Chelsi" bilan shartnomasi yakunlanmoqda. Tomonlar yangi bitim bo'yicha muzokara olib bormoqda, futbolchi ijara asosida ketishi kutilmoqda.
Shim Meukaning amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi, biroq "Chelsi"da uni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati mavjud.
Klub va futbolchi so'nggi haftalarda yangi kelishuv bo'yicha faol muzokaralar olib bormoqda. Shim shartnomani uzaytirgach, aniq ijara asosida boshqa jamoaga o'tadi – unga kuchli beshlik chempionatlari va Chempionship klublari qiziqish bildirmoqda.