Serdal Adali: "Mohamed Salah transferga rozi bo'lgandi, ammo agenti talabni oshirib yubordi"
Serdal Adali Mohamed Salahning transferi nima uchun amalga oshmay qolganini tushuntirdi. Agentning yuqori komissiya talabi asosiy to'siq bo'lgan.
"Besiktas" klubi sobiq prezidentligiga nomzod Serdal Adali Mohamed Salah bilan bog'liq vaziyat haqida gapirib o'tdi:
Mohamed Salah transferga rozi bo'lgandi. Biroq transfer yakunlangani haqidagi xabarlardan so'ng, uning agenti talablarini oshirib, taxminan 35 foiz miqdorida komissiya so'radi. Biz bu shartlarga rozi bo'la olmaymiz.