Fabrisio Romano xabariga ko'ra, Sami Xedira "Real"da Joze Mourinoning o'ng qo'li bo'lishi kutilmoqda.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, Sami Xedira "Real"da Joze Mourinoning o'ng qo'li bo'lishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum davomida "qirollik klubi"ning sobiq yarim himoyachisi bir nechta intervyularida Vinisiusning xatti-harakatlarini tanqid qilgandi.
OkDiario xabariga ko'ra, Sami Xedira «Real Madrid»da murabbiylar shtabi va futbolchilar o'rtasida muhim bog'lovchi vazifasini bajarmoqda.
🛑 OkDiario xabariga ko'ra, Sami Xedira sport majmuasidagi ish jarayonida o'z o'rnini topib ulgurdi.
Klubda uning yetakchilik qobiliyati, xarizmasi, futbolchilar bilan til topisha olishi va «Real Madrid» qadriyatlarini chuqur tushunishi yuqori baholanmoqda.
Joze Mourinyu shunchaki murabbiy yordamchisini emas, balki kiyinish xonasi bilan aloqa o'rnata oladigan, klub ehtiyojlarini tushunadigan va jamoaga g'oliblik mentalitetini singdira oladigan insonni qidirgan edi.
«Real Madrid»da Xedirani murabbiylar shtabi, futbolchilar va klub rahbariyati o'rtasidagi ideal bog'lovchi bo'g'in deb hisoblashadi.
O'yinchi sifatidagi faoliyati davrida u Mourinyuning eng ishonchli futbolchilaridan biri bo'lgan, endi esa maydon tashqarisida ham xuddi shunday muhim vazifani bajarmoqda.