Karim Adeyemi transferi rasmiylashtirilishi kutilmoqda
Karim Adeyemi «Barselona»ga o'tishi rasmiylashtirilishi kutilmoqda. Futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tdi, ammo taqdimot jahon chempionati finalidan so'ng bo'ladi.
Karim Adeyemi tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi va shartnoma detallari kelishib olindi. Ruhr Nachrichten xabariga ko'ra, transfer to'liq yakunlangan.
⏳ Biroq rasmiy e'lon qilinishi biroz kechikmoqda, chunki «Barselona» rahbariyati hozirda jahon chempionati finali bilan band. Shu sababli, 24 yoshli futbolchining taqdimoti kelasi haftaga rejalashtirilgan.
🔄 Adeyemi ketganidan so'ng, Dortmundning «Borussiya» klubi o'z transfer kampaniyasini faollashtirmoqchi. Xususan, Konstantinos Karetsas hujumkor yarim himoya chizig'i uchun asosiy nomzod bo'lib qolmoqda.
🗞 Ruhr Nachrichten