Chelsi Chavarria transferi bo'yicha kelishuvga erisha olmayapti
"Chelsi" va "Rayo Valyekano" Chavarria transferi bo'yicha kelishuvga erisha olmayapti. Londonliklar futbolchi uchun 21 million funt taklif qilmoqda.
"Chelsi" va "Rayo Valyekano" klublari Chavarria transferi borasida hamon kelishib olishgani yo'q.
"Rayo" futbolchi uchun 42,5 million funt tovon puli talab qilmoqda, biroq klubga yaqin manbalarning ta'kidlashicha, madridliklar futbolchini 30 million funt evaziga ham qo'yib yuborishga tayyor.
"Chelsi" esa hozircha atigi 21 million funt taklif qilmoqda.