Asensio va «Real»dan ketishi mumkin
«Real» himoyachisi Asensio jamoani tark etishi mumkin. Mourinyu futbolchiga unga ishonch bildirmayotganini aytgan.
📻 Pereyro (Onda Cero jurnalisti):
Mourinyu shaxsan Asensio bilan gaplashib, unga ishonch bildirmayotganini ma'lum qilgan.
📝 Fabrisio Romano (insayder): Asensioning yozda jamoani tark etishi ehtimoli iyun oyidayoq «Real» va Mourinyu o'rtasida muhokama qilingan. Uni sotish yoki ijaraga berish boshqa klublardan tushadigan takliflarga bog'liq. Biroq, ketish yoki qolish masalasini himoyachining o'zi hal qiladi. «Real» uni qo'yib yuborishga tayyor.
Asensioning jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyi:
Raul «Real»da qolib, jamoaning muhim futbolchisiga aylanishni istaydi. O'ylashimcha, Asensio yangi murabbiylar shtabining o'yin rejalariga mukammal darajada mos tusha oladi.