Bredli transferi bo'yicha so'nggi ma'lumotlar
Bredli transferi bo'yicha Liverpulning pozitsiyasi va Barkolyaning kelajagi haqidagi so'nggi xabarlar.
⛵ Bredli transferi bo'yicha so'nggi bir necha soat ichida bir qancha ma'lumotlar paydo bo'ldi.
Pol Joys (Liverpul bo'yicha nufuzli jurnalist): Liverpul bitimni bonuslarsiz 117 million yevro evaziga yakunlashni rejalashtirmoqda. Klubdagilar futbolchi uchun Isak (145 million) uchun to'langanidan ko'proq mablag' sarflanmaydi deb hisoblashmoqda.
Fabrisio Romano: Klublar Bredli bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Rasmiy taklif hali yuborilmadi, ammo bu ko'p vaqt talab qilmaydi. Uning qo'shimcha qilishicha, klublar o'rtasidagi munosabatlar yaxshi, faqat narx masalasini hal qilish qoldi.
Jamel: Agar klublar o'rtasidagi bitim barbod bo'lsa, Barkolya muammosiz klubda qoladi. Futbolchi shartnomani uzaytirmasligini ma'lum qilgan, ammo transferni talab qilmagan. Barkolya Mbappega o'xshab qolmaslik uchun o'z niyatini klubga oldindan bildirib qo'ygan.