Petar Suchichga Angliya klublaridan qiziqish bor
«Lids» va «Nyukasl» Petar Suchichga qiziqish bildirmoqda, biroq «Inter» o'z futbolchisini sotish niyatida emas.
Corriere dello Sport xabariga ko'ra, «Lids» Petar Suchich transferi bo'yicha muzokaralarga kirishmoqchi.
22 yoshli markaziy yarim himoyachi o'tgan yozda Zagrebning «Dinamo» klubidan «Inter» safiga o'tgan edi. Xorvatiyalik futbolchi o'tgan mavsumda «neradzurrilar» safida 50 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Yozgi transferlar oynasida Suchichga «Nyukasl» va «Lids» qiziqish bildirmoqda. Har ikki klub xorvatiyalik xavbek uchun 30-34 million funt sterling to'lashga tayyor.
Biroq «Inter» rahbariyati futbolchini sotishni rejalashtirmayapti va uni yozda qo'yib yubormoqchi emas.