Aston Villa Noa Atubolu transferi ustida ishlamoqda
Aston Villa Frayburg darvozaboni Noa Atuboluni o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda. Transfer Emi Martinesning ketish-ketmasligiga bog'liq.
😳 Yana bir tarbiyalanuvchi va Aston Villaga navbatdagi shov-shuvli transfermi?
🔵 Angliya klubi Frayburg darvozabonini posbonlar chizig'ini kuchaytirish uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko'rmoqda. Xabarlarga ko'ra, birmingemliklar allaqachon jozibador taklif tayyorlashmoqda.
Bunda ko'p narsa Emi Martinesning kelajagiga bog'liq. Agar argentinalik posbon yozda Aston Villani tark etadigan bo'lsa, aynan Atubolu uning o'rnini bosuvchi asosiy nomzodlardan biriga aylanishi mumkin.