Morten Yulmann: "Atletiko"ga o'tishim – orzularimning ushalishi"
Morten Yulmann "Atletiko Madrid"ga o'tgani haqida fikr bildirdi va jamoaga qanday foyda keltirishi mumkinligi haqida gapirdi.
🎤 Morten Yulmann:
Bu klubning bir qismi bo'lish, "Atletiko Madrid" futbolchisi bo'lish – bu orzularimning ushalishi.
O'ylashimcha, jamoaga tez moslashib ketaman. Jamoa haqida eshitganlarimdan kelib chiqib, shunday xulosaga keldim. Himoya va hujum o'rtasida muvozanatni ta'minlash orqali jamoaga yordam bera olaman deb o'ylayman. Jamoaga yordam berish uchun ham tana tili, ham so'zlarim orqali muloqotga kirishuvchanman. Mashg'ulotlarda va o'yinlardan oldin yoki keyin jamoa bilan birga bo'lganimda shundayman. O'yinlar davomida ham ushbu fazilatlarim bilan "Atleti"ga foydam tegishiga ishonaman.