Liverpul aksiyalari sotuvi bo'yicha tafsilotlar ma'lum bo'ldi
The Athletic jurnalisti Mett Sleyter Liverpul aksiyalari sotuvi bo'yicha yangi tafsilotlarni ma'lum qildi.
The Athletic jurnalisti Mett Sleyterning yozishicha, Amit Bhatiya va boshqa investorlar bilan ko'rib chiqilayotgan bitim FSG 2023-yilda Dynasty Equity kompaniyasiga sotgan ulush bilan bir xil.
Eslatib o'tamiz, o'shanda FSG klubning taxminan 3 foizini tashkil etuvchi 150 million funt sterlinglik aksiyalarni sotgan edi. O'sha vaqtdagi baholashga ko'ra, klub 4,5 milliard funt (6 milliard dollar) qiymatiga ega deb topilgan va bugungi xabarlarda ham aynan shu raqamlar haqida so'z bormoqda.
Mazkur mablag'lar transferlar uchun sarflanmaydi. Katta ehtimol bilan, ular klubning joriy qarzdorliklarini kamaytirish (masalan, Liverpul Enfild rekonstruksiyasi uchun hali ham 70 million funt atrofida qarzdor) va aktivlar likvidligini oshirishga yo'naltiriladi.