Joze Mourinyo Marselo Brozovichni o'z jamoasida ko'rmoqchi
Joze Mourinyo "An-Nasr"dan ketgan Marselo Brozovichni o'z jamoasiga taklif qilmoqchi. Tomonlar bir yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Jurnalist Sasha Tavolyeri xabariga ko'ra, Joze Mourinyo "An-Nasr"dan ketganidan so'ng erkin agentga aylangan xorvatiyalik yarim himoyachi Marselo Brozovichni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Taxminlarga ko'ra, tomonlar bir mavsumga mo'ljallangan shartnoma imzolashi mumkin.