Chelsea transfer mojarolari bo'yicha yakuniy qaror qabul qilindi
«Chelsi» Abramovich davridagi transfer qoidabuzarliklari uchun 10 million funt jarimaga tortildi va shartli transfer taqiqini oldi.
Roman Abramovich davridagi transfer mojarolari bo'yicha ish nihoyasiga yetdi.
Kieran Gill xabariga ko'ra, Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) «Chelsi»ga nisbatan 10 million funt sterling miqdorida jarima belgiladi va klubga ikki transfer oynasi uchun shartli taqiq qo'ydi. Shu tariqa, londonliklar ochko olib tashlanishi kabi jiddiy jazodan qutulib qolishdi.