Paulo Fonseka yarim himoyadagi o'zgarishlar haqida gapirdi
Paulo Fonseka yarim himoyadagi kutilayotgan o'zgarishlar va yangi tayanch yarim himoyachisi zarurligi haqida gapirdi.
Yarim himoyada o'yinchilar ko'p bo'lishiga qaramay, tarkibni kuchaytirish talab etiladigan pozitsiyalar bormi?
🎙️ Paulo Fonseka:
Ha, chunki bizda ketadigan o'yinchilar bor. Ikki yoki uch nafar yarim himoyachi jamoada qolmaydi. Bizga "oltinchi raqam" pozitsiyasiga kuchliroq o'yinchi kerak, chunki maydon markazidagi o'yin jismoniy jihatdan juda talabchan.
Bizda Mads Bidstrup bor — u agressiv, doimo harakatda, lekin unga vaqt kerak. Bizga uning energiyasi zarur. Biz ruhiy jihatdan ham kuchli bo'lgan o'yinchilar bilan ishlashni istaymiz.