Inter Suchichni sotish niyatida emas
«Nyukasl» va «Lids» Luka Suchichga qiziqish bildirmoqda, ammo «Inter» futbolchini sotmoqchi emas.
Corriere dello Sport xabariga ko'ra, «Nyukasl» va «Lids» Luka Suchich atrofidagi vaziyatni o'rganmoqda. Klublar futbolchi uchun 40 million yevrogacha taklif qilishga tayyor.
«Inter» xorvatiyalik futbolchi bilan xayrlashish niyatida emas: u jamoaning kelajagi hisoblanadi. Faqatgina juda katta va rad etib bo'lmas taklif tushgandagina vaziyat o'zgarishi mumkin.