Massimiliano Allegri ikki futbolchining kelajagi borasida qaror qabul qildi
La Repubblica xabariga ko'ra, Massimiliano Allegri Luka Marianuchchi va Yens Kayustening kelajagi borasida qaror qabul qildi.
La Repubblica sharhlovchisi Antonio Korbo xabariga ko'ra, Massimiliano Allegri ikki futbolchining kelajagi borasida yakuniy qarorga kelgan.
Murabbiy Luka Marianuchchining salohiyatini yuqori baholadi va himoyachi transfer ro'yxatidan chiqarildi.
Yens Kayuste esa barcha urinishlariga qaramay Allegrini ishontira olmadi. Shu sababli, daniyalik futbolchi uchun yangi jamoa izlash jarayoni yana faol bosqichga o'tdi.