Jon Duran "Barselona"ga taklif qilindi
Jon Duran "Barselona"ga taklif qilingan, biroq klub bunga qiziqish bildirmadi. "Benfika" esa o'yinchini ijaraga olmoqchi.
Lluis Migelsans xabariga ko'ra, Jon Duran "Barselona"ga taklif qilingan. Biroq, kataloniyaliklar futbolchini o'z safiga qo'shib olish bo'yicha hech qanday qadam tashlamagan.
"Benfika" esa kolumbiyalik hujumchini sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi.