Arsenal Vinisius Junior uchun katta shartnoma taklif qilmoqchi
Latigoserrano xabariga ko'ra, «Arsenal» Vinisius Juniorga yiliga 25 mln yevro maosh va imidj huquqlarining 100 foizini taklif qilmoqchi.
Latigoserrano xabariga ko'ra, «Arsenal» braziliyalik futbolchiga soliqlar to'langandan so'ng yiliga 25 million yevro maosh bilan to'rt yillik shartnoma taklif qilmoqchi.
Bundan tashqari, «Arsenal» Vinisiusga uning imidj huquqlaridan foydalanish bo'yicha 100 foizlik huquqni berishga tayyor. «Real»da esa futbolchiga hozirda faqat 50 foiz huquq tegishli.