Lassina Sinayoko «Oser» bilan mojaroga bordi
«Oser» hujumchisi Lassina Sinayoko klub bilan yuzaga kelgan kelishmovchilik sabab mashg'ulotlarni boykot qilmoqda.
«Oser» hujumchisi Lassina Sinayoko erkin agent sifatida klubni tark etishi mumkin. O'tgan mavsumda u klub bilan yozda ma'lum bir sanagacha kelishilgan summa evaziga qo'yib yuborilishi haqida og'zaki kelishuv asosida shartnomasini uzaytirgan edi.
❌ Biroq «Oser» «Parij» klubining taklifini rad etdi va endilikda ko'proq mablag' talab qilmoqda. O'zini aldangandek his qilgan maliyalik hujumchi mashg'ulotlarga chiqishdan bosh tortdi.
☝️ Bir yil avval imzolangan shartnomani uzaytirish bo'yicha yozma kelishuv Sinayoko uchun asosiy qurol bo'lishi mumkin: agar ketish shartlari bajarilmasa, ushbu kelishuv o'z kuchini yo'qotgan deb topilishi xavfi mavjud.