#Kvadvo Poku — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Bayer Alaybegovich va Pokuni sotishga tayyor

Bayer Alaybegovich va Pokuni sotishga tayyor

Bayer tarkibni kuchaytirish uchun Kerim Alaybegovich va Kvadvo Pokuni sotmoqchi. Kicker xabariga ko'ra, klub futbolchilardan jami 50 mln yevrodan ortiq daromad kutmoqda.

💱 Bayer tarkibni kuchaytirish maqsadida Kerim Alaybegovich va Kvadvo Pokuni sotib yuborishi mumkin.

Leverkuzen klubi 18 yoshli bosniyalik futbolchi Kerim Alaybegovich uchun 25 milliondan 30 million yevrogacha mablag' talab qilmoqda. Kerimning sotuvi hamda Kvadvo Pokuning potensial transferi (u uchun ham 25 million yevrodan ortiq mablag' kutishmoqda) klubga moliyaviy tomondan katta yordam beradi.

Agar har ikki bitim amalga oshsa, Simon Rolfes Jeremi Frimpong sotilganidan beri bo'sh qolayotgan o'ng qanot vingeri pozitsiyasini yopish uchun yetarli byudjetga ega bo'ladi.

🗞 Kicker

O'ng ustun yangiliklari

Hozircha yangilik yo'q.