Kepa Arrizabalaga "Arsenal"dan ketishi mumkin
Kepa Arrizabalaga shartnomasidagi tovon puli bandi o'z kuchini yo'qotdi. "Arsenal" futbolchini munosib taklif evaziga qo'yib yuborishga tayyor.
🚨 Kepa imzolagan shartnomada 5 million funt sterling miqdoridagi tovon puli ko'rsatilgan edi.
Biroq, ushbu bandning amal qilish muddati allaqachon tugagan. Shunga qaramay, "Arsenal" munosib taklif tushgan taqdirda, Kepaning ketishiga qarshilik qilmasligi kutilmoqda.
Gunnerblog xabariga ko'ra.