Chelsi Karreras uchun taklif bilan chiqdi
«Chelsi» «Real Madrid» himoyachisi Karrerasni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Madridliklar futbolchi uchun 50 million yevro talab qilmoqda.
Kataloniya OAV xabariga ko'ra, «Chelsi» «Real Madrid» bilan Karreras transferi bo'yicha muzokaralarni boshladi. Londonliklar 23 yoshli himoyachi uchun 25 million yevro taklif qilishgan.
Biroq, «qaymoqranglilar» o'z tarbiyalanuvchisi bilan faqat 50 million yevro evaziga xayrlashishga tayyor.