Vinisius Junior «Real» bilan yangi shartnoma bo'yicha kelisha olmayapti
Braziliyalik jurnalist Kaldeyra xabariga ko'ra, Vinisius Junior "Real" bilan yangi shartnoma shartlari bo'yicha kelishuvga erisha olmayapti.
📰 Kaldeyra xabariga ko'ra: "Vinisius "Real" bilan yangi shartnoma bo'yicha moliyaviy talablarini pasaytirmoqchi emas. Bu nafaqat maosh, balki imidj huquqlariga ham tegishli.
"Arsenal" esa sabr bilan vaziyatni kuzatmoqda va vingerning transferi bo'yicha shoshilmayapti. "Kanonirlar" kerak bo'lsa, braziliyalik futbolchini tekinga qo'lga kiritish uchun kelasi yozni kutishga ham tayyor. Biroq londonliklar uchun Vinisiusni aynan shu yozda transfer qilish afzalroq sanaladi".