Jovanni Karnevali Randal Kolo-Muani transferi haqida gapirdi
Jovanni Karnevali Randal Kolo-Muani transferi bo'yicha muzokaralar qiyin kechayotganini va PSJ talablari yuqori ekanligini ma'lum qildi.
🗣 Jovanni Karnevali:
Kolo-Muani? Agar PSJ shartlariga rozi bo'lsangiz, uni atigi 10 daqiqada sotib olish mumkin. Ammo biz ularning talablarini o'ta yuqori deb hisoblaymiz. Shu sababli, yo murosaga kelamiz, yoki boshqa o'yinchilarga e'tibor qaratamiz. Hozirgi vaqtda u uchun 45 million yevrodan ortiq mablag' talab qilinmoqda.