Yuventus tarkibni tozalashda davom etmoqda
Yuventus maoshlar fondini qisqartirish uchun tarkibdagi ortiqcha o'yinchilar bilan xayrlashishga tayyorlanmoqda.
Turin klubi maoshlar fondini qisqartirish maqsadida tarkibdagi ortiqcha o'yinchilar bilan xayrlashmoqchi. Klub rahbariyati eng katta maosh oluvchi futbolchilar masalasini tezroq hal etishga urinmoqda ⌛
Jovanni Albanese xabariga ko'ra, yozgi transferlar oynasida klubni tark etishi aniq bo'lgan futbolchilardan iborat ramziy tarkib shakllantirildi.
Ushbu o'yinchilarning barchasi jamoani tark etishga tayyor turibdi 🚪