Emil Vitbua «Bavariya» ko'rigiga taklif qilindi
«Keyptaun» raisi Jon Komitis «Bavariya» 17 yoshli iqtidorli futbolchi Emil Vitbuani ko'rikdan o'tish uchun taklif qilganini tasdiqladi.
⚡ «Keyptaun» raisi Jon Komitis «Bavariya» janubiy afrikalik iqtidorli futbolchi Emil Vitbua (17 yosh) ni ko'rikdan o'tish uchun taklif qilganini ma'lum qildi.
🥇 Vitbua o'tgan mavsumda JAR ikkinchi divizionida futbolchilar talqiniga ko'ra mavsumning eng yaxshi o'yinchisi deb topilgan. U asosan hujumkor yarim himoyachi, ammo hujumning chap qanotida ham o'ynay oladi.
✨ Komitis:
«Biz uning uchun «Bavariya»dan taklif oldik va hozirda buni ko'rib chiqmoqdamiz. Bu uning o'zi uchun, qaysi darajaga chiqishi kerakligini tushunib olishi uchun muhim. U «Chelsi»da ko'rikdan o'tgan va «Sporting»ga ham borgan».