Jiovane: «Napoli» tarkibida o'z ustimda ishlashda davom etaman»
«Napoli» futbolchisi Jiovane jamoadagi muhit, italyan tilini o'rganishi va mavsumoldi yig'inlari haqida gapirib o'tdi.
«Napoli» juda kuchli tarkibga ega, u yerda jahon darajasidagi futbolchilar ko'p. Bu men uchun ham yaxshi – ular bilan har kuni birga mashg'ulot o'tkazish o'z ustimda ishlashimga yordam beradi. Men yanada yaxshiroq bo'lishni istayman. Asosiysi, maydonga asosiy tarkibda tushamanmi yoki zaxiradanmi, gol uramanmi yo'qmi, jamoaga yordam berish muhim.
Jamoadoshlarim bilan munosabatlar? Men allaqachon italyancha gapiryapman, shuning uchun hamma bilan munosabatlarim yaxshi. Shuningdek, ingliz tilini ham o'rganishim kerak [kuladi]. Alisson bilan albatta portugalcha gaplashaman, lekin Beukema bilan ispancha, Guterres bilan ham ispancha, keyin Spinazzola, Politano, Di Lorenzo bilan muloqot qilaman. Yakunda hamma bilan chiqishib ketganman. Neapol lahjasi qiyin, u butunlay boshqacha. Men shunchaki «uagliu» (yigitlar) deyman [kuladi].
Jiovane ismidagi urg'u qayerda? Portugal tilida bu Ji-o-van-e deb aytiladi. Bu yerda meni Jo deb atashadi, bu Jovanni yoki Jiovane deb atashganidan ko'ra yaxshiroq.
«Arezzo»dan uchralgan mag'lubiyatni unutish kerakmi? Albatta. Ikkinchi o'yin bo'ladi va biz murabbiy bizdan nima talab qilayotganini yaxshiroq tushunib oldik.
Albatta, biz Dimaroda bo'lib turgan va bizni televizor orqali kuzatayotgan muxlislar uchun yaxshi o'yin ko'rsatishimiz kerak. Biz murabbiyning ko'rsatmalarini bajaramiz va yangi sahifa ochish uchun g'alaba qozonishga umid qilamiz.
Dimaro va muxlislar? Italiyada hamma narsa boshqacha. Braziliyada bizda bunday yig'inlar yo'q yoki ular muxlislarsiz o'tadi. Men uchun bu Italiyadagi ikkinchi yig'in va bu ajoyib. Men har doim Alissonga bu yerda muxlislar qancha ekanligini, odamlar bizga qanchalik iliq munosabatda bo'layotganini aytaman.