Ilkay Gundo'g'an: "Bavariya" Bundesligada yana chempion bo'ladi"
Ilkay Gundo'g'an "Bavariya"ning joriy mavsumdagi imkoniyatlari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
🎤 Ilkay Gundo'g'an:
"Bavariya" hech qanday muammoga duch kelmaydi va bu mavsumda ham Bundesligani yanchib o'tadi. "Bavariya" — Germaniyadagi mutlaq kuchli jamoa. Rostini aytsam, murabbiy, o'yinchilar va klub rahbariyati uyg'unligini ko'rib, "Bavariya"da ishlar noto'g'ri ketishi va bundan "Borussiya" kabi jamoalar foydalanib qolishini tasavvur qila olmayapman. Men "Bavariya"ni Chempionlar ligasida g'alaba qozonish uchun ham juda jiddiy da'vogar deb bilaman".