Mark Pubilning otasi: «O'g'lim «Atletiko»dan ketish haqida o'ylamagan»
Mark Pubilning otasi Ignasi Pubil o'g'lining «Atletiko»dagi kelajagi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
🗣️ Ignasi Pubil, Markning otasi:
«Bir paytlar (Mark o'ynamayotgan vaqtda) uning agentlari Madridga kelishgandi. Kechki ovqat paytida ular bizga bir nechta klublar o'g'limga qiziqish bildirayotganini aytishdi. U esa «Atletiko»dan ketish haqida HECH QACHON o'ylamagan. Bir soniya ham».