Ibrohim Yo'ldoshev «Qo'qon-1912» futbolchisiga aylandi
Iqtidorli himoyachi Ibrohim Yo'ldoshev «Qo'qon-1912» jamoasi bilan shartnoma imzoladi.
Ibrohim Yo'ldoshev endi biz bilan! 🤝
Seleksiya ishlarini olib borayotgan «Shunqorlar»ning navbatdagi nishoni iqtidorli himoyachi Ibrohim Yo'ldoshev.
2026-yilgi mavsumning birinchi qismida «Andijon» safida o'ynadi.
Ma'lumot uchun, 1999-yilning 5-iyun kuni Toshkentda dunyoga kelgan. 26 yoshli futbolchi «Paxtakor», «Metallurg», «Surxon», «Dinamo», «Navbahor», «Lokomotiv», hamda «Andijon»da to'p surgan.
Qolaversa, o'z vaqtida O'zbekiston U19, U21 va U23 terma jamoalarida harakat qilgan.