Hull Live: "Xall Siti" transfer yangiliklari
Hull Live nashri "Xall Siti" klubi atrofidagi so'nggi transfer yangiliklarini jamladi. Jamoa tarkibini kuchaytirish bo'yicha muzokaralar davom etmoqda.
Hull Live nashri "Xall Siti" klubi atrofidagi so'nggi transfer yangiliklarini jamladi:
◉ "Xall Siti" xorvatiyalik vinger Marko Pashalich bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.
◉ "Charlton Atletik" Abu Kamarani o'z safiga qo'shib olmoqchi. "Portsmut" ham futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
◉ "Xall Siti" Premer-ligadan tajribali yarim himoyachi bilan muzokara olib bormoqda. Futbolchining o'zi "yo'lbarslar" safiga o'tishga tayyor va klub uni qo'lga kiritishiga ishonchi komil.
◉ "Xall Siti" "Manchester Yunayted" bilan Tobi Kolierni doimiy asosda sotib olish bo'yicha muzokara o'tkazmoqda. Futbolchi hozirda yaxshi formada va "MYu"ning mavsumoldi yig'inlarida ishtirok etmoqda.
◉ "Xall Siti" Konstantinos Tsolakis va Eliot Strud transferlarini yakunlashi kutilmoqda.
◉ "Xall Siti" va Sergey Yakirovich Jo Gelxardni jamoaga qaytarish niyatida. Futbolchi "Lids"ning AQShdagi yig'inlariga jalb etilmadi.
◉ "Xall Siti" Kevin Danua bo'yicha "Oser" bilan muzokaralarni davom ettirmoqda, biroq hozircha bu transfer amalga oshmasligi mumkin.
◉ Abdulkadir Omur va Enis Destan mavsumoldi yig'inlarida Sergey Yakirovichda yaxshi taassurot qoldirib, "Xall Siti"ning Premer-liga uchun qaydnomasiga kirish imkoniyatiga ega bo'ladi.
◉ Franyo Ivanovich klub nishonida, ammo "Benfika"ning moliyaviy talablari juda yuqori.