Florian Toven «Lans» sardori bo'lishi mumkin
Florian Toven «Lans» jamoasida sardorlik bog'ichi uchun asosiy nomzod bo'lib turibdi. Bosh murabbiy Dino Toppmeller uni yangi sardor sifatida ko'rmoqchi.
🔝 Florian Toven «Lans» jamoasida sardorlik bog'ichi uchun asosiy nomzod bo'lib turibdi. Fransiya kubogidagi muvaffaqiyatli mavsumdan so'ng u kiyim almashtirish xonasining haqiqiy yetakchisiga aylandi. Futbolchi ta'tildan a'lo darajadagi sport formasida qaytdi va yoshlarga yordam bermoqda.
Uning o'rnak bo'layotgani yangi bosh murabbiy Dino Toppmellerda katta taassurot qoldirdi. Mutaxassis yangi mavsumda aynan Tovenni jamoa sardori sifatida ko'rmoqchi.