Sporting Anis Xoj-Mussa uchun kurashga kirishdi
Sporting Feyenoord vingeri Anis Xoj-Mussani o'z safiga qo'shib olmoqchi. Santi Auna xabariga ko'ra, klub transfer bo'yicha dastlabki qadamlarni tashladi.
Sportingning Anis Xoj-Mussaga bo'lgan qiziqishi tahmin qilinganidan ham jiddiyroq.
Santi Auna xabariga ko'ra, Portugaliya klubi Feyenoord vingerini asosiy nishon deb biladi va transfer bo'yicha dastlabki qadamlarni tashlab ulgurgan.
Avvalroq, Al-Ahli Feyenoord futbolchi uchun 37 million yevro talab qilayotganini bilganidan so'ng, ushbu kelishuvdan voz kechgan edi.