Vinisius Junior transferi bo'yicha yangi tafsilotlar
Fernando Kaladero xabariga ko'ra, Vinisius Junior va Arsenal o'rtasidagi muzokaralarda muammolar yuzaga kelgan. Londonliklar yozni kutishga tayyor.
Fernando Kaladero xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchi o'z talablari bo'yicha murosaga kelish niyatida emas. Kelishmovchiliklar nafaqat maosh, balki imidj huquqlaridan foydalanish shartlariga ham taalluqlidir.
Arsenal Vinisiusni tarkibga qo'shib olishga shoshilmayapti va zarur bo'lsa, londonliklar klubi kelasi yozgi transfer oynasini kutishga tayyor.